Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi” joriy etiladi

11.01.2018


Aholining munosib hayot kechirishi “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi” asosida zarur boʻlgan daromadlarni aniqlash yoʻli bilan ta’minlanadi.

 

Bu 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

 

Ma’lumot uchun: Xalqaro tajribada “yashash minimumi”  - odam organizmini normal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va uning salomatligini saqlash uchun yetarli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplamining, shuningdek, shaхsning asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan nooziq-ovqat tovarlarining minimal toʻplamining qiymat miqdori.

 

“Iste’mol savatchasi” esa – bu odam yoki oilaning oylik (yillik) ehtiyojining odatiy darajasi va tuzilmasini tavsiflovchi tovarlarning hisoblanadigan namunaviy toʻplami, assortimenti.

 

Mazkur ikki tushunchani qonunchilikka kiritish rejalashtirilayotir. Xususan, “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi” hisob-kitob qilinadigan aniq mezonlar belgilanadi. Natijada aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorining “yashash minimumi”  va “iste’mol savatchasi”ga mutanosibligi ta’minlanadi.

 

Hududlar kesimida bu raqamlar farq qilishi kutilmoqda.

 

Loyiha 15.01.2018 yilgacha muhokama uchun ochiq.

 

Samir Latipov.