Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga til boʻyicha imtihon qanchaga tushadi

12.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifi tasdiqlandi (11.06.2019 yilda 3167-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Hujjat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga joʻnab ketayotgan har bir Oʻzbekiston fuqarosi malakasini baholatishi, sh.j. chet tilini bilish darajasini tasdiqlashi mumkin. Bilimni baholash markazlari ana shunday хizmatlarni koʻrsatadi. Bu da’vogarga tegishli sertifikat olish va Malakasi tasdiqlangan shaхslar milliy reyestriga kirish imkonini beradi (batafsil qarang).

 

Malaka imtihonida ishtirok etish qiymatini markazlar mustaqil ravishda belgilaydi, biroq Mehnat vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chet tili boʻyicha imtihon qiymatining cheklangan darajasini belgilaydi.

 

Qabul qilingan hujjatdan kelib chiqilsa, u bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarini, ya’ni 304 095 soʻmni tashkil etadi. Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 sentyabrdan EKIH oʻrniga bazaviy hisoblash miqdori qoʻllaniladi. Bu haqda batafsil – bu yerda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.