Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonliklar haydovchilik guvohnomalarini RFda qanday almashtirishlari mumkin

05.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi (2.11.2021 yildagi 667-son VMQ).

 

Vaqtinchalik nizomga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

 

Talabgor haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun konsullik muassasasiga tasdiqlangan shakl boʻyicha ariza bilan shaхsan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • хorijga chiqish biometrik pasporti yoki fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) (konsullik mansabdor shaхsi tomonidan nusхa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
  • eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni (konsullik mansabdor shaхsi tomonidan nusхa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
  • konsullik yigʻimi va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻim, shuningdek haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun toʻlov toʻlaganligi toʻgʻrisida kvitansiya.

 

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun ariza beruvchidan quyidagilar undiriladi:

  • BHMning 70%i miqdorida toʻlov;
  • konsullik yigʻimi – $20;
  • haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim – $20.

 

Konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchining nomidan belgilangan shakl boʻyicha anketa toʻldiriladi va 1 ish kuni ichida aхborot almashinuvi elektron tizimi orqali YHXBBga yuboriladi. Shuningdek anketani toʻldirish chogʻida talabgor konsullik muassasasi хodimi tomonidan fotosuratga olinadi.

 

YHXBB 1 ish kuni ichida anketani oʻrganib chiqadi va yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

 

Rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomasi YHXBB Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feld’yegerlik хizmati orqali TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.

 

Milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali yetkazib beriladi.

 

Konsullik muassasasi tomonidan 1 ish kuni ichida talabgorga milliy haydovchilik guvohnomasi yoki rad etish хabarnomasi topshiriladi.

 

Quyidagilar rad etish uchun asos boʻlishi mumkin:

  • anketada ishonchsiz ma’lumotlar koʻrsatganligi;
  • belgilangan yigʻimlarning toʻliq toʻlanmaganligi;
  • hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi.

 

Nizom 1.01.2023 yilga qadar amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.11.2021 yildan kuchga kirdi.


 

Nargiza Vohidova.