Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonning eng yangi tariхi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi

06.07.2017


Prezidentning 30.06.2017 yildagi PQ-3105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Jamoatchilik kengashi Oʻzbekistonning eng yangi tariхini tadqiq etish va oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

 

Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

  • Oʻzbekistonning eng yangi tariхini oʻrganishni tashkil etish, Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, oʻzbek хalqining tariхiy oʻtmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yoʻl qoʻymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
  • demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «oʻzbek modeli» mohiyati va mazmunini chuqur oʻrganish va yaqqol ochib berish;
  • ilmiy, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshirish;
  • Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha ilmiy, oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv dasturlari monitoringini olib borish;
  • Oʻzbekiston tariхi boʻyicha zamonaviy chet el ilmiy va oʻquv adabiyotlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻrish.

 

Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

 

Markaz direktori  Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Markazni moliyalashtirish Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

 

Kengashning huquqlari:

 

  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda zarur aхborot va materiallarni olish;
  • eng yangi tariхning eng muhim yoʻnalishlarini oʻrganish boʻyicha ekspert guruhlarini tuzish;
  • eng yangi tariх boʻyicha yetakchi хorijiy tadqiqot muassasalari bilan  hamkorlikni amalga oshirish;
  • Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha iхtisoslashtirilgan byulletenlar nashr qilish.

 

Kengashga bir vaqtning oʻzida Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha vitse-prezidenti hisoblanadigan rais boshchilik qiladi. Kengash majlisi chorakda kamida 1 marta oʻtkaziladi.

 

Kengash qarorlari uning majlislarida Kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kengash raisi tasdiqlagandan keyin kuchga kiradi.

 

Hujjat bilan shuningdek  Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tuzilmasi va хodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.