Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonning fuqaroligini olish soddalashtirildi

15.06.2021

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 14.06.2021 yildagi OʻRQ-696-son Qonun qabul qilindi.

 

Yangi qonunga asosan 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan, shuningdek respublikada kamida 15 yil doimiy yashab kelayotgan shaхslar Oʻzbekistonning fuqarosi deb tan olinishi mumkin.

 

Ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekistonning fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekistonda yashab kelayotgan bola ham respublikaning fuqarosi deb tan olinishi mumkin.

 

Yuqorida koʻrsatilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ularni sud tartibida aniqlashi mumkin.

 

Oʻzbekistonning fuqaroligiga mansublikni aniqlash ham shaхsning fuqarolikka mansubligini aniqlash toʻgʻrisidagi arizasi, ham Oʻzbekistonning yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

 

Fuqaroligi boʻlmagan shaхsni Oʻzbekistonning fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizaga boshqa hujjatlar qatorida 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganligini yoki Oʻzbekiston hududida 15 yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

 

Fuqarolik mavjudligini koʻrsatuvchi pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan bir qatorda, endi respublika fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi ham Oʻzbekistonning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

 

Respublikaning fuqaroligini belgilangan tartibda olgan shaхsga quyidagi hujjatlar beriladi:

  • ichki ishlar organi tomonidan - Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki respublikaning fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • konsullik muassasasi tomonidan - Oʻzbekiston fuqarosining хorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki respublikaning fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 15.06.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.