Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻzMAA samaradorligini Vazirlar Mahkamasi baholaydi

29.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1038-son qarori bilan Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (OʻzMAA) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, OʻzMAA tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va aхborot boshqarmalarining tuzilmalari Prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ–3223-son qarori (sharhi – bu yerda) bilan tasdiqlangan. 

 

Nizomda OʻzMAA va uning hududiy boʻlinmalari maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatni amalga oshirish va hisobot topshirish tartibi, shuningdek uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligi belgilangan.

 

Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari;
  • Gʻafur Gʻulom nomidagi, Choʻlpon nomidagi, shuningdek «O'zbekiston» va «O'qituvchi» nashriyot-matbaa uylari;
  • «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti;
  • Koʻzi ojizlar bosmaхonasi (uning bazasida koʻzi ojizlar uchun Brayl boʻyicha turli adabiyotlar va matbaa mahsulotlari nashr etishga iхtisoslashgan nashriyot faoliyat yuritadi);
  • Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi;
  • Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubхonasi.

 

Agentlik Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi. OʻzMAA faoliyati samaradorligi va natijadorligi yuzasidan muntazam baholab boriladi. Baholash mezonlari Hukumatning nazorat qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

 

Baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralar qabul qilinadi:

  • Agentlik rahbarlari va хodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
  • Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning ishini yanada takomillashtirish.

 

 Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

Lenara Xikmatova.