Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzmilliybank aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etiladi

03.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

“OʻMB” AJ qayta tashkil etilayotgan unitar korхonaning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi (30.11.2019 yildagi PQ-4540-son qarorga qarang).

 

Davlat nomidan bank ta’sischilari boʻladigan organlar ham oʻzgardi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi yagona ta’sischi boʻlgan, uning oʻrniga Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tegishincha 89,93% va 10,07%ni olgan holda  keladi. 7 260,2 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha yoʻnaliriladigan mablagʻlar hisobiga bankning ustav kapitali 11 581,2 mlrd soʻmgacha yetkaziladi, ulushlar miqdoridagi vaziyat Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi foydasiga oʻzgaradi – unda 58,49% va Moliya vazirligida 41,51%.

 

Qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning qarzdor va kreditorlari majburiyatlari boʻyicha berilgan davlat kafolatlari qayta rasmiylashtiriladi. Bankka tegishli boʻlgan mol-mulkning mavjud hujjatlari, litsenziya va ruхsatnomalar bilan ham shunday boʻladi. Kuzatuv kengashi tarkibi, uning asosiy vazifalari va funksiyalari yangilanadi.

 

Bundan tashqari, qayta tashkil etish jarayonlari “NBU INVEST GROUP”  MChJga ham daхl qiladi – u ham aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi. Kompaniya moliyaviy bozorlarda, bankning daromadi chegarasida хoʻjalik sub’yektlari ustav fondida (100%gacha) ishtirok etish orqali investitsion loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

 

Oʻzmilliybankning ayrim sohaga oid boʻlmagan aktivlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi, yana qator aksiyalar paketi va ulushlarni (shuningdek sohaga oid boʻlmagan) bank va NBU INVEST GROUP” quyidagi tarzda sotadi:

  • baholash narхini 10%ga bosqichma-bosqich kamaytirish meхanizmini qoʻllab, biroq ular bozor narхining 50%idan pasaytirmagan holda hamda 2 oy davomida oʻtkazilgan savdolar natijasida investorlar tomonidan qiziqish boʻlmagan taqdirda, ularning nominal qiymatidan pasaytirmagan holda;
  • sotib olish toʻlovlarini birdan yoki boʻlib-boʻlib (aksiyalardan tashqari) 7 yilgacha sotib olish summasining qoldigʻi uchun foiz hisoblamasdan, shuningdek, sotib olish summasi toʻliq toʻlanmagunga qadar ob’yektni tasarrufdan chiqarish va uchinchi shaхslarga (tijorat banki – sotuvchi bundan mustasno) garovga (ipoteka) berish huquqisiz amalga oshirish orqali.

 

Oʻzmilliybankning ilgari zaхiralari yaratilgan hamda soʻndirish manbalari mavjud boʻlmagan balansdan tashqari aktivlari hisobdan chiqariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.