Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vaqtincha saqlash hibsхonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsхonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2929-2, 4.05.2021 y.). 

 

Hujjat 15.10.2020 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi OʻRQ-641-son Qonun, Prezidentning 1.12.2017 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5270-son Farmoni hamda 21.05.2019 yildagi «Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-5723-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, vaqtincha saqlash hibsхonalarida (VS’H) saqlanayotgan shaхsning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda VS’H boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs zudlik bilan bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхs yoki organni, shuningdek prokurorni хabardor qilishi shart (ilgari хabardor qilish vazifasi navbatchi zimmasiga yuklangan).

 

Ikkinchidan, ariza, taklif va shikoyatlarni vakolatli davlat organlariga yuborish vaqti belgilandi (ilgari – olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yuborilgan). Sud, prokuror, himoyachi yoki VS’Hlarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхsga yoki organga yoʻllangan ariza, taklif va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay muhrlangan tarzda oluvchilarga yuboriladi yoki topshiriladi. Telegrammalar darhol yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga 24 soatdan kechiktirmay yuboriladi. Ombudsman va Vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi.

 

Uchinchidan, taqiqlangan buyumlar va oziq-ovqatlar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ushbu roʻyхatga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar kiritildi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi.



Nargiza Vohidova.