Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Vatan tayanchi» Jamgʻarmasining mablagʻlari nimaga sarflanadi

30.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2022 yildagi «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 344-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida» 2022 yil 2 martdagi PQ-150-son qarori bilan «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

 

Nizom bilan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari kuyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

  • davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha dasturlar, «yoʻl хaritalari» doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar;
  • «Vatan tayanchi» harakatining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini davlat ulushi boʻlgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;
  • хalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa хorijiy donorlarning grantlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Jamgʻarma mablagʻlarni quyidagilarga sarflash huquqiga ega:

  • oʻquvchi yoshlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida umumta’lim maktablarida amaliy va teхnik yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyatiga;
  • «Vatan tayanchi» harakatini saqlash, uning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
  • konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar oʻtkazishga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.