Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasi faoliyati takomillashtiriladi

16.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5143-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 6.04.2021 yildagi PF-6199-son hamda 9.06.2021 yildagi PF-6244-son farmonlari, Prezidentning 3.04.2021 yildagi PQ-5053-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

 

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

a) quyidagilar tugatiladi:

  • Bosh vazirning maslahatchisi – sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi;
  • sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti;
  • ta’lim, sogʻliqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati;

b)  Bosh vazirning maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi kiritiladi;

v) quyidagilar tashkil etiladi:

  • geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti;
  • ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati;
  • yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati.

 

Vazirlar Mahkamasining boshqaruv хodimlari umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat boʻlgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha:

  • Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan;
  • Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.