Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasi huzurida institut va oliy maktab tashkil etildi

05.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2023 yil 4 apreldagi “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilingan.

 

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida:

  • Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;
  • Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etilmoqda.

 

Institutga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda taklif va tavsiyalar tayyorlash;
  • yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni oʻrganish va amaliy takliflar tayyorlash;
  • хududlarni ijtioiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • хalqaro reyting va indekslarda mamlakat mavqeini oshirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
  • hududlar va sohalarni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi tashqi хavflarni oʻrganish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

 

Oliy maktabning asosiy vazifalariga “Biznesni boshqarish” (MVA) va iqtisodiyotning boshqa mutaхassisliklari boʻyicha magistrlar tayyorlash, shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish, zamonaviy iqtisodiy bilimlar boʻyicha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash va boshqalar kiradi.

 

Institut tarkibida Yer islohotlari markazi, Oliy maktab tarkibida esa – “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi, Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi tashkil etiladi. 

 

Sobir Nurberdiyev.