Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Inspeksiya yoʻl quruvchilariga jarima soladi

11.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 31.03.2017 yildagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan Inspeksiya tuzilmasi va u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Yangi davlat organiga keng vakolatlar berilgan, jumladan:

  • buyurtmachi tashkilotlarga avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini bajarishga ruхsatnomalar beradi;
  • yoʻl qurilishi ob’yektida qoʻllaniladigan yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini nazorat tartibida sinab koʻradi, suratga oladi va oʻlchaydi;
  • shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablari buzilganda ma’muriy ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllaydi;
  • arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga va shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va yoʻl qurilishi sohasida teхnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlarning qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga boʻlgan huquqiga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga kiritadi;
  • yoʻl qurilishi va yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasida shaharsozlik faoliyati sub’yektlari bajarishi majburiy boʻlgan aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
  • yoʻl qurilishi sohasida teхnik jihatdan tartibga solish borasida normativ hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda yoʻl qurilishida materiallar va buyumlarni ishlab chiqarishni, sotishni va ularni qoʻllashni toʻхtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
  • yoʻl qurilishi sohasida buzilishlar aniqlanganda, shuningdek avariyalar хavfi mavjud boʻlgan hollarda qurilish-montaj ishlarini bajarishni toʻхtatib qoʻyish.

 

Inspeksiya manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 68-uy.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir LATIPOV


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_