Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasi joylarga chiqib amaldorlar ishining samaradorligini koʻrib chiqadi

15.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 10.04.2019 yildagi 295-son qaroriga qarang).

 

Hujjat Prezidentning 28.01.2019 yildagi PF–5644-son Farmoni va Prezidentning 28.01.2019 yildagi PQ–4136-son qarorini bajarish yuzasidan qabul qilindi.

 

Belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasining hududlardagi mavzuli sayyor majlislari (bundan keyin – sayyor majlislar) joylarda aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining samaradorligini oʻrganish borasida Hukumat faoliyatini tashkil etish shakli hisoblanadi.

 

Quyidagilar sayyor majlislarning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi:

  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining, barcha darajadagi hokimlar faoliyatini baholash, zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali va natijador bajarilishi, shuningdek Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida koʻrsatilgan maqsadli vazifalarga erishilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish;
  • hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim vazifalar, iqtisodiyotning aniq tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 

Sayyor majlislar tizimli asosda, qoida tariqasida, har chorakda oʻtkaziladi. Ular sanasi hamda ularga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlar (reja-jadval) Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yigʻilishi shaklida oʻtkazilishi mumkin.

 

Sayyor majlislarda masalalarning muhokamasi, qoida tariqasida, ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Sayyor majlislarni OAVda yoritish maqsadida jurnalistlar taklif etiladi.

 

Qarorlar Vazirlar Mahkamasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi.

 

Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.