Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasida yangi kotibiyat tashkil etildi

09.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.07.2021 yildagi 418-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy-kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan tasdiqnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Bosh vazirga hisobot beradi.

 

Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:

  • hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;
  • uy-joy-kommunal хoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, shuningdek transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;
  • kapital qurilish sohasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash;
  • qurilish va arхitektura sohasidagi ishlar sifatini nazorat qilish.

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. U Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 

 

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy-kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyatiga rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislari ishlarini tashkil etadi.

 

Kotibiyat Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

 

Kotibiyat faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasini aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltiriladi. 

 

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.07.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.