Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHEKMning 1 baravaridan kam ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida soliq organi хabarnomasi kelganda nima qilish kerak Mustaqillik kunida qanday dam olamiz Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi Kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi qanday aniqlanadi Eslatma: iхtiyoriy ravishda tugatish tartibi Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma)

Vazirlar Mahkamasini yuridik ta’minlash tartibi oʻzgartirildi

29.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2021 yildagi «VMning 12.03.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 212-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi  454-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5143-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 14.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 370-son qaroriga muvofiq quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi:

 

Nizomda Yuridik ta’minlash boshqarmasi funksiyalari quyidagilar bilan toʻldirildi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrishda ishtirok etish.

 

Bunda Yuridik ta’minlash boshqarmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi va ijro etuvchi organlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha «Ijro.gov.uz» tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritilishini ta’minlaydi.

 

Boshqarmaning NHHlarni tayyorlash sohasidagi funksiyalarining yangi tahriri keltirildi. Xususan, Boshqarma:

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarning va qabul qilingan normativ hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshiradi;
  • qabul qilingan normativ hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi va tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
  • huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi va boshqalar.

 

Qarorda boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi ham nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.