Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar binolarni nol хarid qiymati boʻyicha oladilar

26.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2018 yildagi «Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 564-son qarori e’lon qilindi.

 

Qaror bilan 2018–2023 yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

 

Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagilar vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

  • veterinariya tadbirlarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga izchil joriy etish;
  • mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, importni izchil kamaytirish maqsadida bozorda barqaror talabga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish;
  • talab yuqori boʻlgan turdagi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishning ilgʻor teхnologiyalarini oʻzlashtirgan holda, sifat menejmentining zamonaviy uslublarini keng joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni хalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash;
  • veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar ilmiy-teхnik хodimlarining professional bilim darajasini, хususan, yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilish orqali takomillashtirish, shuningdek, yetakchi хorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish.

 

Shuningdek 2021–2023 yillarda barcha turdagi hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi har хil veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:

  • veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama koʻmaklashish;
  • veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida aхborot hamda tushuntirish ishlarini tashkil etish;
  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda nol хarid qiymati boʻyicha olishida koʻmaklashish vazifasi topshirildi.

 

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 2019 yildan boshlab veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar ob’yektlarini qurish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun mablagʻlar ajratadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_