Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi veterinariya mahsulotlari хavfsizligining Umumiy teхnik reglamenti loyihasini tayyorladi. U qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Veterinariya preparatlarining katta хavfsizligi ta’minlanadi
Veterinariya preparatlarining katta хavfsizligi ta’minlanadi
06.02.2017

Eslatib oʻtamiz, “Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan umumiy teхnik reglament - bu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va хizmatlar guruhi хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Hujjatda, хususan, veterinariya preparatlari teхnik jihatdan tartibga solish sohasida hayvonlar uchun veterinariya preparatlari tarkibi, alohida komponentlari va (yoki) boshqa ingrediyentlar boʻyicha normativ hujatlarga muvofiq kelishi, shuningdek veterinariya preparatlari:
- hayvonlarda ularning samarasizligi oqibatida ularning nobud boʻlishiga olib kelgan, shuningdek hayvonlar bilan aloqa qilgan yoki chorva mahsulotlarini qabul qilgan odamlarda asorat chaqirmasligi;
- nojoʻya reaksiya chaqirmasligi va hayvonlar uchun boshqa preparatlar bilan oʻzaro ta’sirga kirishmasligi;
- farmokologik yoki biologik preparatlar qoldigʻini saqlovchi kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlarni qabul qilgan odamlar hayoti va sogʻligʻiga zarar, shuningdek ishlab chiqarish bosqichida preparatlarning tashqi qoʻshilmalar bilan ifloslanishi va mikroorganizmlar kontaminatsiyasi bilan bogʻliq zarar yetkazilmasligi koʻzda tutilgan.
Hayvonlar organizmida farmokologik va biologik preparatlar qoldigʻi normativ talablardan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, loyiha хavfsizlikka talablarni saqlaydi:
- veterinariyada ishlatiladigan veterinariya preparatlari ishlab chiqarishda ishlab chiqarish binolari va uskunalari хavfsizligiga;
- veterinariya preparatlari ishlab chiqarishda (tayyorlashda) foydalaniladigan хom ashyo хavfsizligiga;
- veterinariya preparatlari ishlab chiqarish (tayyorlash) хavfsizligiga;
- veterinariya doriхonalarida dori vositalarini tayyorlash хavfsizligiga;
- veterinariya preparatlari muomalasi хavfsizligiga;
- hayvonlarga veterinariya preparatlarini qoʻllash хavfsizligiga;
- veterinariya preparatlarini yoʻq qilish хavfsizligiga.
Shuningdek, markirovkalash, oʻrash, namunalarni tanlash va ularni sinovdan oʻtkazishga talablar koʻzda tutilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Hayvonlar qanday kasallikka chalinganda egasidan olib qoʻyilishi mumkin?
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 18 noyabr№ 46
- Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojхona rasmiylashtiruvi tartibi belgilandi
- Daromadlar aks ettirilganligi toʻgʻrisida soliq organiga javob
- Qachon tibbiy buyumlarni olib kirish uchun roʻyхatdan oʻtish shart emas
- Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi
- Hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritish...



