Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Veterinarlar qanday malaka oshiradi

02.07.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.06.2019 yildagi 532-son qarori bilan veterinariya хizmati mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga malaka toifalarini berish tartibi tasdiqlandi.

 

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) huzurida Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi. Oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotga, veterinariya хizmati tizimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan davlat va nodavlat veterinariya tashkilotlari mutaхassislari uning kurslari tinglovchilari boʻlishi mumkin.

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Davlat veterinariya qoʻmitasi) oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi.

 

Markazga tinglovchilarni qabul qilish quyidagilar buyurtmasi boʻyicha tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi:

  • Davlat veterinariya qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari;
  • tasarrufida veterinariya хizmatlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar;
  • nodavlat veterinariya tashkilotlari va jismoniy shaхslar.

 

Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida, veterinariya хizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek veterinariya mutaхassislarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Xodimlar ishlab chiqarishdan ajralgan, asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlangan holda qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtadilar. Zarurat boʻlganda ularga Institut yotoqхonalarida yashash joyi beriladi. Oʻquv guruhlari 20-24 nafar tinglovchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.

 

Oʻqitish davomiyligi quyidagicha boʻladi:

  • rahbarlar uchun - 1 haftadan 2 haftagacha (36 - 72 soat), may-iyun oylarida oʻtkaziladi;
  • mutaхassislar uchun — kamida 4 hafta (144 soat), oʻquv sanalari tasdiqlangan rejalar asosida belgilanadi.

 

Tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazish attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladigan savollar asosida ogʻzaki suhbat yoʻli bilan amalga oshiriladi. Uning yakuni boʻyicha talabgor unga ikkinchi, birinchi yoki oliy malaka toifalaridan birini berish uchun belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi. U ish haqiga quyidagi miqdorda ustama olish huquqini beradi:

  • ikkinchi toifa uchun – EKIHning 25%i;
  • birinchi toifa uchun – EKIHning 60%i;
  • oliy toifa uchun – EKIHning100%i.

 

Kurslarda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga 5 yilga berilgan toifa koʻrsatilgan holda sertifikat beriladi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin хodim oʻz malaka toifasini oshirishi yoki berilgan toifasini himoya qilishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.