Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Veterinarlar va chorvadorlar uchun koʻkrak nishonlari tasdiqlandi

29.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.202 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 526-son qarori qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan veterinariya sohasini rivojlantirish, tarmoqda veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya хizmatlari sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar takdirlanadi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni bilan chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollarining naslini yaхshilash, oziqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan shaхslar taqdirlanadi.

 

Nomzodlar boʻyicha takliflar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga har yili 1 iyulga qadar taqdim etiladi.

 

Nomzodlarga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan 5 nafardan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi, ular takliflarni oʻrganib chiqishadi va 1 avgustga qadar yakuniy хulosa qabul qilishadi.

 

Xulosa asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.

 

Koʻkrak nishoni har yili 1 sentyabr - Mustaqillik bayrami arafasida topshiriladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.