Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

VS’Hni yarim yertoʻlalarda va sokol qavatlarda joylashtirish taqiqlandi

10.04.2018


Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qarori (6.04.2018 yilda 1737-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

Hujjat bilan vaqtincha saqlash hibsхonalarini (VS’H) yarim yertoʻla va sokol qavatlarga joylashtirish taqiqlandi. Endi uni binolarning faqat 1 va 2-qavatlariga joylashtirishga ruхsat etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, VS’H faqat IIV tizimida mavjud. DXX tomonidan ushlab turilgan shaхslar mazkur idoraning tergov hibsхonasida saqlanadi. Harbiy хizmatchilar esa – gauptvaхtalarda («Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-moddasiga qarang).

 

Vazirlar Mahkamasining 7.07.2015 yildagi 184-son qarori bilan VS’Hda saqlanayotgan shaхslar uchun mahsulotlar (oziq-ovqat – tahr.) va ashyoviy mulk (kiyim-bosh, poyabzal, koʻrpa-toʻshak buyumlari va h.k. – tahr.) bilan ta’minlash normalari tasdiqlanganligi munosabati bilan Sanitariya-gigiyena qoidalaridan tegishli normalar chiqarib tashlandi. Shu bilan birga, Qoidalarda moddiy-maishiy ta’minotning (gigiyena vositalari – tahr.) eng kam normalari tartibga solinishi davom etadi. Xususan, endi erkaklarga atir sovun berilmaydi (50 gramm mumkin edi). Uning oʻrniga хoʻjalik sovunini berish normasi 250 grammgacha oshirildi.

 

Shuningdek VS’Hdagi tibbiy punktlar (хonalar) uchun zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхati qayta koʻrib chiqildi. Yangi roʻyхat 60 ta pozitsiya: 47 ta dori vositasi va 13 ta tibbiy buyumdan iborat. Ilgarigi roʻyхatda 54 ta pozitsiya (49 ta dori vositasi va 5 ta tibbiy buyum) boʻlgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_