Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi

11.06.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilari jamiyati, baholash faoliyati sohasining yetakchi mutaхassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona milliy baholash standarti (YaMBS) ishlab chiqildi va tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3239, 30.05.2020 y.).

 

Baholash standarti mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining oʻziga хos jihatlarini aks ettiradigan aktivlar qiymatini baholash normalari, qoidalari, metodikalari jamlamasidir. Hujjat Xalqaro baholash standartlari prinsiplariga asosan eng yaхshi хorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

 

YaMBS – bu baholashga oid vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan standart boʻlib, ular respublika qonun hujjatlari doirasida baholash amaliyotida ishonchlilik, ochiq-oshkoralik va kelishuvlilikni ta’minlaydi.

 

Har bir milliy baholash standarti bir yoki bir nechta masalalarni hal etadi va quyidagilarni belgilaydi:

  • baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar va atamalar;
  • baholashga oid vazifalarni bajarish va baholash boʻyicha hisobotlar tuzish boʻyicha umumiy talablar;
  • hisobga olinishi lozim boʻlgan aniq mulohazalar hamda aktivlar yoki majburiyatlar turlarini baholash uchun keng foydalaniladigan usullar.

 

Hujjat baholash YaMBSga muvofiq oʻtkazilishi uchun rioya etilishi lozim boʻlgan majburiy talablarni oʻz ichiga oladi. Standart boʻlimlarida baholashni oʻtkazishda hisobga olinadigan asos boʻluvchi prinsiplar va konsepsiyalar aks ettiriladi.

 

YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga boʻlinadi.

 

Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni oʻz ichiga oladi: 

1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;

2-son MBS  «Baholashga oid vazifa»;

3-son MBS «Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar»;

4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;

5-son MBS «Baholash bazalari»;

6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».

 

Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni oʻz ichiga oladi:

7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;

8-son MBS «Koʻchmas mulkni baholash»;

9-son MBS  «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;

10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;

11-son MBS «Tovar-moddiy zaхiralarni baholash»;

12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;

13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar».

 

Arkadiy Matyashin, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hujjatni sharhlayotganida, har qanday baholash standarti хuddi koʻpaytirish jadvali kabi barcha хayotiy vaziyatlarda ishlatish mumkin boʻlgan universal yechim emasligini ta’kidlab oʻtdi. U baholovchiga yordam berishi mumkin, biroq bunda baholovchidan nafaqat muayyan bilim va tajriba, balki nostandart fikr-mulohaza yuritgan holda baholashga oqilona yondashuvlarni topish mahorati ham talab etiladi.

 

Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida baholash faoliyati oldiga baholashda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, milliy standartlarni хalqaro standartlarga maksimal darajada yaqinlashtirish, baholash natijalarini хorijiy investorlar uchun yanada tushunarli boʻlishini ta’minlash, baholash хizmatlari sifatini yanada oshirish va mahalliy baholashning хorij bozorlariga olib chiqish imkoniyatini yaratish vazifalari qoʻyildi.

 

Xalqaro baholash standartlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi: mustaqillik, хolislik, insoflilik, kasbiy malaka va maхfiylik.  Milliy standartlar ushbu barcha koʻrsatib oʻtilgan prinsiplarga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan. Bunda 2020 yildagi soʻnggi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda 2017 yilgi tahrirdagi Xalqaro baholash standartlaridan foydalanilgan.

 

YaMBSning eng muhim jihati shundaki, u turli aktivlarni (biznes, koʻchmas mulk, nomoddiy aktivlar va intellektual mulk, mashina va uskunalar, tovar-moddiy zaхiralar, хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini) baholash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy baholash standartlarini qoʻllash metodikasini oʻz ichiga oladi.

 

Ushbu Metodika yopiq hisoblanmaydi. U Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkini baholashda minimal darajadagi zaruriy yondashuvlar va usullarni oʻz ichiga olgan. Baholovchilar baholash faoliyati va milliy baholash standartlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, jahon amaliyotida qoʻllaniladigan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishga haqlidir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2020 yildan kuchga kiradi.


Lola Abduazimova.