Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yagona portalda NHH loyihalari: sugʻurtalovchining cheklangan majburiyatlari

23.10.2015

Davlat portalida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq loyihasi muhokama qilinmoqda.


 

Loyihada sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori – sugʻurta zaхiralari va oʻz mablagʻlari manbalari summasining 15 foizidan oshmasligi belgilandi.

 

 

Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun loyihada  eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha alohida belgilangan majburiyatlar jamining miqdori oʻz mablagʻlari manbalari summasining 150 foizidan oshmasligi taklif qilinmoqda.

 

 

Eslatib oʻtamiz,sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori sugʻurta zaхiralari va oʻz mablagʻlari manbalari summasining 20 foizidan oshmasligi shart. Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun majburiyatlar jamining miqdori oʻz mablagʻlari manbalari summasining 200 foizidan oshmasligi shart.

 

 

 

Loyiha  kelishuv bosqichida, unga oʻzgartirish va toʻgʻirlash kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

 

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.