Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Yagona portalda NHH loyihalari: valyuta tushumini sotishda oʻzgarishlar

31.07.2015

Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.

 

________________________

 

! Eng muhimi haqida qichqacha: Loyihada Xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizomni qabul qilinishi koʻzda tutilgan, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda bajarilishi lozim boʻlgan talablarga tuzatishlar kiritildi.

 ________________________

 

Talablarning bir qismi ilgarigidek qoldi. Demak, eksport kontraktlari boʻyicha tushum tushishi yoki qaytarib olib kirish muddati paxta tolasini eksport qiluvchi va u bilan bogʻliq ishlar hamda xizmatlarni amalga oshiruvchi "Oʻzmarkazimpeks" DATSK, "Oʻzsanoatmashimpeks" DATSK, "Markazsanoateksport" DATSK, "Oʻzinterimpeks" DATSK, "Oʻztashqitrans" DAK, "Oʻrta Osiyo Trans" XAYuT DAKsi uchun tovarlar, ishlar va xizmatlarni amalda eksport qilish kunidan boshlab 90 kundan oshmasligi kerak. Biroq, loyiha oʻzida yangilikni ham saqlaydi, aynan: Janubi-Sharqiy Osiyo (Bangladesh, Vyetnam, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Gonkong, Tayvan, Xitoy) mamlakatlariga joʻnatilgan taqdirda muddat 30 kunga uzaytiriladi.

 

Chet eldan valyuta tushumi kechiktirilganda sanksiyalar, shuningdek takroriy sanksiyaga taqiqni koʻzda tutadigan me’yor ham ilgarigidek qoldi. Lekin loyihada xorijiy valyutadagi tushum tushish muddatlari quyidagi hollarda uzaytirilishi koʻzda tutilmoqda, ya’ni:

 

- yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuzaga kelganda muddat ularning xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadigan, davom etish muddatiga uzatiriladi;

 

- sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda 30 kunga uzaytiriladi.

 

Hujjat bilan qayd qilindiki, xorijiy valyutadagi tushum tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qiluvchi, eksport kontrakti sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta tovoni (milliy va/yoki xorijiy valyutada) yoki joʻnatilayotgan tovar hisobiga tushsa, mazkur eksport kontrakti boʻyicha debitorlik qarzi tushgan sugʻurta tovoni summasiga kamayadi.

 

Nizom loyihasida tushum sifatida qaraladigan pul mablagʻlariga hamda ular sotilishi lozim yoki lozim emasligiga (kreditlar, zayomlar, grantlar va h.k.) aniq ta’rif berilgan. Valyutalar sotilishdan ozod qilish holatlari ham koʻzda tutilgan.

 

Nizom loyihasida belgilandiki, paxta tolasini eksport qilishdan tushumni majburiy sotish u majburiy sotish sub’yekti tranzit hisobvaragʻiga tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi, boshqa holatlarda – ilgarigidek 5 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

Loyihada valyutani majburiy sotish tartibi nazarda tutilgan:

 

paxta tolasini eksport qilishdan keladigan tushumning 100 foizi – Markaziy bankka;

 

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan keladigan tushumning 25 foizi, shuningdek

 

tovarlar (ishlar, xizmatlari)ni eksport qilishning qolgan barcha holatlarida keladigan tushumnnig 50 foizi – vakolatli banklarga.

 

Shubhasiz, loyihaning maqsadi – valyuta tushumini majburiy sotishni amalga oshirish tartibiga hozirgi voqelikni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritish. Biroq loyiha kelishuv bosqichida turibdi hamda u oʻzgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

bizning ekspert-yuristimiz.