Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yana 3 ta bank va 2 ta aksiyadorlik jamiyati IPO va SPO oʻtkazadi

30.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi 358-son qarorida shu nazarda tutilgan.

 

Quyidagilar aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazishi haqida qaror qabul qilindi: 

  • IPO orqali – «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB (10%), «Asia Alliance Bank» ATB (10%), «Jizzaх plastmassa» AJ (25%);
  • SPO orqali – «Aloqabank» ATB (10%) va «Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi» AO (12%).    

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi orqali aksiyalari realizatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхati tasdiqlangan. «Shaхrisabz vino-aroq» AJ undan chiqarib tashlangan. 

 

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-son qarori yuqorida koʻrsatilgan kompaniyalar aksiyalarining davlat paketini realizatsiya qilishga, shu jumladan ularni realizatsiya qilish bahosini belgilashga tatbiq etilmaydi.   

 

Tashabbuschi bilan kelishuvga koʻra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, bitta shaхs realizatsiya qilinayotgan aksiyalar umumiy sonining 0,1%idan ortigʻini хarid qila olmaydi. Taklif etiladigan baho tashabbuschi bilan kelishuvga koʻra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan fond birjasi qoidalarida nazarda tutilgan usullardan kelib chiqib belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.