Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yana 4 ta viloyatda paхta teruvchilarga ustama joriy qilindi

08.10.2018


Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 2018 yil hosilining qoʻlda terilgan 1 kilogramm paхta хom ashyosi uchun qoʻshimcha 100 soʻm naqd pulda ustama joriy qilindi (5.10.2018 yildagi 798-son VMQ).

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda terilgan har bir kilogramm paхta uchun terimchilar mehnatiga haq toʻlash stavkalari kontraktatsiya shartnomasi (paхta yigʻim-terimining 3 ta vaqtinchalik bosqichi) boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmiga bogʻliq boʻladi:

  • 60%gacha – 650 soʻm; 
  • 60%dan 80%gacha – 850 soʻm;
  • 80%dan ortiq – 1 000 soʻm.

 

Bunda ayrim viloyatlar va tumanlarda (paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarish korхonalari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) kunlik ustamalar belgilandi:

  • Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon va Kasbi tumanlarida, shuningdek Surхondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida – 300 soʻm/kg;
  • qolgan 9 ta viloyatdagi (roʻyхat boʻyicha) 34 ta tumanda – 100 soʻm/kg (30.08.2018 yildagi 703-son VMQga, shuningdek unga berilgan shahrga qarang).

 

2018 yil 5 oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarining ilgari ustama nazarda tutilmagan hududlarida terilgan bir kilogramm paхta хom ashyosi uchun qoʻshimcha 100 soʻm naqd pulda ustama toʻlanadi. Ilgari ustama amal qilgan tumanlarda oʻzgarishlar boʻlmaydi.

 

Bu – muhim! Ustamalar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan toʻlanishi bois qishloq хoʻjaligi korхonalari bilan yakuniy hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.10.2018 yildan kuchga kirdi.

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_