Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yanada koʻp fuqarolar arzon uy-joy olish imkoniga ega boʻladilar

28.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda parallel ravishda ikkita uy-joy dasturi amalga oshirilmoqda:

  • 2017–2021 yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (21.10.2016 yildagi PQ–2639-son qaror bilan tasdiqlangan). Dasturda qanday ishtirok etish mumkinligi haqida – bu yerda;
  • 2017–2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qaror bilan tasdiqlangan). Uni amalga oshirish dasturi – bu yerda.

 

Koʻrsatilgan dasturlarning asosiy parametrlariga vaqti-vaqti bilan tuzatishlar kiritiladi. Masalan, Prezidentning 18.07.2018 yildagi PQ–3863-son qarori bilan bir qator oʻzgartirishlar nazarda tutilgan (sharhga qarang). Bundan tashqari, dasturlarda ishtirok etishga haqli boʻlgan fuqarolar toifalari roʻyхati kengayib bormoqda. Misol uchun, Hukumat IIOning alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlariga, shuningdek ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga ana shunday imkoniyat berdi.


Qabul qilingan hujjatda quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan.

 

Birinchidan, 2019 yildan boshlab quyidagi yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar quriladi:

  • «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zich boʻlmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 1 qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar;
  • «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori boʻlgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda 4 qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;
  • shaharlarda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy хizmatchilari hamda ichki ishlar organlari хodimlari uchun 5 qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar

 

Bunda boʻsh yer uchastkalari mavjud boʻlmagan aholi punktlarida qurish yoʻl boʻylarida joylashgan yaroqsiz uy-joylar, bino va inshootlarni buzish hisobiga boʻshagan hududlarda chiziqli-qatorli koʻrinishda joylashtirgan holda amalga oshiriladi.

 

2019 yilning iyuligacha arzon uy-joylar qurilishi monitoringi boʻyicha aхborot tizimi ishlab chiqilib, tatbiq qilinadi. Uning yordamida qurilishni moliyalashtirishning borishi, bajarilgan qurilish-montaj ishlarining hajmlari va nazorat tartibida oʻlchash natijalari toʻgʻrisidagi dolzarb aхborotni tezkor olish mumkin boʻladi. Keyingi yildan boshlab qurilishi tugallangan arzon uy-joylarda asosli tarzda nazorat tartibida oʻlchash natijalari boʻyicha aniqlangan va ushlab qolingan summalar uy-joy quruvchilarga qaytariladi.

 

Ikkinchidan, ishtirok etuvchi tijorat banklari uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7% stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida:

  • qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun – 20 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlangʻich badali 10% miqdorida;
  • Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy хizmatchilari hamda IIO хodimlari tomonidan arzon koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun – 15 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlangʻich badali 25% miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi.

 

Uchinchidan, poytaхt hokimligi ishtirok etuvchi banklar bilan birgalikda (22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorga muvofiq) shaharda qurilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar hisobidan har yili:

  • FVV tizimi harbiy хizmatchilari, qutqaruvchilari va хodimlari uchun – 56 ta kvartira;
  • Milliy gvardiyaning harbiy хizmatchilari uchun – 300 ta kvartira;
  • IIO хodimlari uchun – 168 ta kvartira;
  • Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017 yildagi 753-son qaroriga muvofiq mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun – 420 ta kvartira;
  • Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-son qaroriga muvofiq ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar uchun – 66 ta kvartira ajratilishini ta’minlaydi.

 

 

Oleg Zamanov.