Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi aksiz markalari joriy etiladi

06.03.2017

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 100-son qarori bilan alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilmoqda.

Hujjatga binoan  2017 yil 1 apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga himoyaning qoʻshimcha darajalariga ega boʻlgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Ularning dizayni Moliya vazirligi, DSQ, DBQ va «Davlat belgisi» DIChB tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

 

Hukumat qarorining oʻzi markalar yangi dizaynining tavsifi yoki tasvirini saqlamaydi.

 

Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi mahsulotlar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab 9 oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.

 

Shu munosabat bilan  soliq va bojхona organlariga  2018 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.