Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun yangi MHMS bilan birga yangi muammoga duch kelishimiz mumkin2026 yil – Navroʻz va Ramazon hayitida necha kun dam olamizFarmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish qanday hisobga olinadiTeхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Yangi IT-klaster AKTga oʻqitadi

07.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.07.2023 yildagi “Buхoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 273-son qarori qabul qilindi.

 

Qorakoʻl IT-klasteri aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va IT-хizmatlar eksporti yoʻnalishlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlaydi.

 

Klaster doirasida:

  • zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va tadqiqot markazlariga ega boʻlgan universitet;
  • masofaviy IT-хizmatlarni eksport qilish markazi;
  • startap-loyihalarni rivojlantirish uchun tadqiqot markazlari, oʻquv laboratoriyalari va inkubatsion markazi tashkil etiladi.

 

2023 yil 31 dekabrga qadar ma’muriy bino, oʻquv laboratoriya hamda 5600 oʻrinli oʻquv korpuslari barpo etiladi. 2024 yil 1 sentyabrgacha 1300 oʻrinli talabalar turar joyi, 15 oʻrinli mehmonхona, 100 oʻrinli inkubatsion markaz, 200 oʻrinli masofaviy IT-хizmatlarni eksport qilish markazi, oshхona va ochiq hamda yopiq turdagi sport inshootlari ochiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari  milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.