Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2026 yilda oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari qanday qoʻllaniladi Qanday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq tekshiruvisiz tugatilishi mumkin Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak

Yangi ilmiy-tadqiqot instituti nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bilan shugʻullanadi

03.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023 yil 27 iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.

 

Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
  • keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
  • nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;
  • nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish. 

 

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • byudjet mablagʻlari;
  • ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;
  • Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
  • хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova