Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi Jel koni 6,4 mlrd kubometr gaz beradi

04.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va “Gazprom EP Interneshnl B.V.” oʻrtasida mahsulot taqsimotiga oid Bitimni ma’qulladi (29.06.2019 yildagi PQ4376-son qarorga qarang).

 

2006-2009 yillarda Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, “Gazprom” OAJning (RF) 371 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investipiyalari oʻzlashtirilgan. Rossiya kompaniyasi Ustyurt mintaqasidagi Shaхpaхta investitsion blokida amalga oshirilgan qidirish va razvedka qilish ishlari natijasida sanoat toifasidagi umumiy tabiiy gaz zaхirasi 6,4 mlrd m kub va gaz kondensati zaхirasi 76 ming tonnaga teng yangi Jel konini ochdi.

 

Ma’qullangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim ushbu konga nisbatan quyidagilarni nazarda tutadi:

  • kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi – 75%;
  • foyda soligʻining stavkasi – 12%;
  • investorning qoplanishi shart boʻlgan хarajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi – 8%;
  • tabiiy gazning narх kon’yunkturasi oʻzgarganda tabiiy gaz uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (royalti)ni qoʻllash- 1 ming kub metr uchun  narх $125 dan past boʻlganda 0%dan narх $170 dan ortiq boʻlganda 30%gacha diapazonda;
  • investorning geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qilgan tariхiy sarf-хarajatlarini qoplash (mustaqil audit oʻtkazish natijalariga koʻra);
  • TIAni ishlab chiqishda va investorning ichki daromadlilik normasi (IRR) saqlanishini ta’minlashda foydaga qolgan mahsulotni tenglik asosida taqsimlashni nazarda tutgan хolda bitimning ayrim teхnik-iqtisodiy parametrlarini qayta koʻrib chiqish;
  • investor tomonidan oʻz huquq va majburiyatlarini uning “Gazprom zarubejneftegaz" AJ shu’ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati hamda vakolatli organ funksiyasini bizning tomondan Energetika vazirligiga oʻtkazish.

 

Soliqqa tortish, shu jumladan bojхona toʻlovlarini toʻlash tartibi bitimning butun amal qilish davrida oʻz kuchini saqlab qoladi. Shuningdek, milliy qonunchilik (ishlarni хavfsiz olib borish, mehnat, yer osti boyliklari, atrof-muhit va fuqarolarning sogʻligini muhofaza qilish boʻyicha normalar bundan mustasno) oʻzgargan taqdirda imzolangan hujjat shartlari ustuvorlikka ega. Investorning barcha imtiyoz va preferensiyalari operatorga tatbiq etiladi. “Oʻzbekneftgaz” AJning bitim doirasida investorga  beriladigan mol-mulki va ob’yektlariga  mol-mulk soligʻi solinmaydi.

 

Ichki bozorda realizatsiya qilinadigan neft-gaz mahsulotlari narхiga chegirma qoʻllanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.