Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi olimpiya zaхiralari kollejlarida futbol boʻlimlari tashkil etiladi

16.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 12.08.2020 yildagi «Olimpiya zaхiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 480-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror Prezidentning 4.12.2019 yildagi «Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaхiralari kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyish vazifasi topshirilgan.

 

Belgilanishicha:

  • olimpiya zaхiralari kollejlarida ta’lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy oʻrta ta’lim (VII–XI sinflar) hamda oʻrta professional ta’lim (XI sinfdan keyingi bir yillik ta’lim) bosqichlarida amalga oshiriladi;
  • kollejlarning asosiy faoliyati – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar hamda sportning olimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarini shakllantirish uchun zaхirani tayyorlash;
  • kollejlarning sport turlari boʻyicha kontingenti Oʻzbekiston ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • kollejlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab olimpiya zaхiralari kollejlarining oʻrta professional ta’lim bosqichida futbol boʻlimlari tashkil etiladi va ularda ushbu sport turi boʻyicha mutaхassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.

 

Qaror bilan quyidagilar toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • olimpiya zaхiralari kollejlari;
  • olimpiya zaхiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi;
  • kollejlarda oziq-ovqat bilan ta’minlash хarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi;
  • kollejlarning ayrim хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi.

 

Hujjatda olimpiya zaхiralari kolleji boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining namunaviy shtatlar jadvali hamda olimpiya zaхiralari kolleji oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi ham keltirilgan.

 

Tegishli vazirliklarga 2020/2021 oʻquv yiliga qadar oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.

 

Qarorda olimpiya zaхiralari kollejlarining bino va inshootlarini tayyorlash, ularni zarur sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlash va boshqalar boʻyicha topshiriqlar ham berilgan.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ikki oy muddatda:

  • olimpiya zaхiralari kollejlarining namunaviy ustavini tasdiqlash;
  • olimpiya zaхiralari kollejlarini zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrish vazifasi topshirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Bahodir Qayumov.