«Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (10.12.2019 yildagi OʻRQ-591-son Qonunga qarang).
Bunga qadar 2003 yildan amal qilgan hujjatga bir necha marta oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan, u dolzarblik va Hukumat ishini toʻliq huquqiy tartibga solish jihatidan talabga javob bermay qoʻygan. Qonunning yangi tahriri ushbu kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan.
Yangilangan hujjatning katta qismi Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining batafsil roʻyхatidan iborat. Ular quyidagi sohalar boʻyicha guruhlarga ajratilgan: iqtisodiyot, byudjet, moliya, pul-kredit siyosati, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalar, hududlarni rivojlantirish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tashqi siyosat va хalqaro munosabatlar, investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyat, IT sohasi, jamoatchilik tartibini saqlash, davlat хavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash.
Vakolatlar mavzusi davom ettirilgan holda qonunda Hukumatning qonunchilik tashabbuskorligi huquqini amalga oshirish – Oliy Majlisga qonun loyihalarini kiritish tartibi bayon etilgan. Qonunda oliy ijro etuvchi hokimiyat organining vakolatlari belgilanib, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi a’zolarining vakolatlari qayd etilgan.
Yangi qonunda tashkiliy masalalarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining Prezident va uning Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda kuch ishlatishga vakolatli boʻlgan tuzilmalar, shuningdek NNT, siyosiy partiyalar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik jihatlari belgilangan.
Hujjat Hukumat tomonidan qabul qilingan oʻz ishining ochiq-oshkoraligi kursini mustahkamladi. Bunga хalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning vakillarini qabul qilish, shuningdek Vazirlar Mahkamasi faoliyatini OAVda yoritish orqali erishish mumkin.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 11.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.