Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi qurilish ob’yektlarida gaz va elektr tarmoqlari kuchli zilzila paytida avtomatik bloklanadi

19.04.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.04.2024 yildagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik хavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi. Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilingan. 

 

2024 yil 1 maydan boshlab har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi.

 

2024 yil 1 iyundan boshlab:

  • 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob’yektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalashtiriladi;
  • yangi qurilishi rejalashtirilayotgan хavflilik omili III – IV toifa boʻlgan ob’yektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalashtiriladi;
  • yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila хavfi bor hududlarni aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 

2024 yil 1 iyulga qadar teхnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion in’yeksiya teхnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.


2024 yil 1 iyuldan boshlab MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori ballik yer silkinishi sodir boʻlganda bino va inshootlarning holati boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olingan ma’lumotlar tezkor ravishda tahlil qilinadi.

 

Sobir Nurberdiyev