Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Yangi tumanga – oʻz hokimligi va boshqa hokimiyat organlari

16.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar tartibga solindi (11.04.2020 yildagi PQ-4671-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, Xorazm viloyatida yangi tumanni tashkil etish qarori Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 23 martda qabul qilingan, 24 martda esa uni senatorlar ma’qullashgan.

 

Shu munosabat bilan Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etiladi, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining tuman boʻlinmalari ochiladi. Ikki oy muddatda bu yerda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar paydo boʻlishi kerak. Markaziy bankka tumanda tijorat banklari filiallarini tashkil etish, Adliya vazirligiga – adliya boʻlimi, FHDYo va davlat хizmatlari markazini tashkil etish jarayonini nazorat qilish topshirildi.

 

Qolgan tashkiliy masalalarni hal etish uchun respublika komissiyasi tashkil etildi. U tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqishi, mahalliy byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilashi, iqtisodiyot tarmoqlarining samarali, barqaror ishlashini, ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini va h.k.ni ta’minlashi darkor.

 

2020 yil 1 sentyabrga qadar Tuproqqal’a tumani markazining 2035 yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqilishi zarur. Bu bilan Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda shugʻullanadi.

 

! Tuproqqal’a tumanining butun hududi uchun “Hazorasp” EIZda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.