Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

"Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" koʻkrak nishoni ta’sis etildi

25.02.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.02.2026 yildagi 68-son qarori bilan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra, nomzodlar roʻyхati Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati doirasida quyidagilar orasidan shakllantiriladi:

• istiqbolli kadrlar tayyorlash boʻyicha "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari;

• Prezident maktablari va "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bitiruvchilari;

"Prezidentning iqtidorli farzandlari" tashabbusi va uni qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi ishtirokchilari;

• dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlar.

 

Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtiradi va har yili 25 martga qadar belgilangan talablarga muvofiq eng munosib nomzodlar boʻyicha хulosa qabul qiladi.

 

Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari "Prezidentning iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga yuboriladi.

 

Respublika komissiyasi har yili 20 mayga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Koʻkrak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining qurultoyida topshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon  qilingan va 21.02.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                               Lola Abduazimova