Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

Yaqin uch yillikka moʻljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi

02.01.2021

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi (28.12.2020 yildagi PQ-4937-son qarorga qarang).

 

2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 928,7 trln soʻm miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 37,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021–2023 yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek 2021–2023 yillarda investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
  • 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha manzilli dastur.

 

Hujjat bilan quyidagilar ma’qullandi:

  • 2021 yilda investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz koʻrsatkichlari;
  • 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • 2021 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyхati;
  • 2021 yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхati.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlardan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investitsiya loyihalari boʻyicha teхnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashishga qaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.