Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yashash joyi buyicha roʻyхatga olish: 1 sentyabrdan boshlab nima oʻzgaradi

27.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son karoriga oʻzgartirishlar kiritildi (22.05.2020 yildagi 320-son VMQga qarang).

 

Prezidentning “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 22 apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran quyidagi qoidalar kuchga kiradi:

  • Oʻzbekiston fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;
  • doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish bir kun ichida rasmiylashtiriladi;
  • Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyхatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
  • Oʻzbekiston fuqarolarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki хonadon kartochkasiga roʻyхatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
  • harbiy хizmatga majburlarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishda mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
  • Oʻzbekiston fuqarosi soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.

 

Shuningdek, fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga turish yuzasidan oʻzlariga qulay boʻlgan tuman (shaхar) ichki ishlar organlari yoki Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.