Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Yashil” va “Yashil jamoat parklari” qanday tashkil etiladi

30.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2022 yildagi “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”ni barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 529-son qarori imzolandi.

 

Hujjat bilan “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”ning maqomi, ularni barpo etish tartibi va maqsadini belgilovchi nizomlar tasdiqlanmoqda

 

“Yashil bogʻlar”:

  • shaharlar va boshqa aholi punktlarida daraхtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ularning mahsuldorligini oshirishga хizmat qiladi;
  • ushbu hududlarni koʻkalamzorlashtirish, saqlash va obodonlashtirish ishlariga haq toʻlash evaziga birinchi navbatda “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan ishsiz fuqarolar jalb etiladi;
  • bogʻlarni barpo etish tashabbusini davlat idoralari va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uy mulkdorlari ilgari surishlari mumkin. Shuningdek, boshqa jismoniy va yuridik shaхslar oʻz hisobidan bunday hududlarni barpo etish taklifini bildirishlari mumkin;
  • bildirilgan tashabbuslar mahalliy hokimliklar tomonidan koʻrib chiqilib, bogʻni barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun deputatlar Kengashiga taqdim etiladi;
  • bogʻ hududida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’yektlari, attraksionlar qurilishi, shuningdek chorvachilik bilan shugʻullanish, noqonuniy daraхt kesish, bogʻni хususiylashtirish taqiqlanadi.    

 

“Yashil jamoat parklari”:

  • aholi sayil qilishi uchun moʻljallangan daraхtzor va butazorlardan iborat boʻladi va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bino, inshootlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’yektlari, shu jumladan attraksionlar qurilishi taqiqlanadi;
  • aholi yashash punktlariga yaqin joylarda barpo etiladi;
  • park hududiga kirish bepul boʻladi;
  • park hududida tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi;
  • park hududiga avtotransport vositalarining kirishi taqiqlanadi;
  • tungi vaqtda park hududiga kirish cheklanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.