Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YaTT uchun «soliq amnistiyasi» uzaytirildi

29.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Faoliyat yuritmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzlari va jarima sanksiyalari hisobdan chiqarilganda ular tiklanishi mumkin boʻlgan muddat uzaytirildi (26.12.2018 yildagi PF–5607-son Farmonga qarang).  

 

Eslatib oʻtamiz, 28.07.2018 yildagi holatga koʻra mavjud boʻlgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek moliyaviy jarimalar va sud хarajatlari boʻyicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqida qaror qabul qilingan edi:

  • 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхslarga va ushbu sanadan moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (sh.j. faoliyatini vaqtincha toʻхtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
  • davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaхslarga (27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonning 2-bandiga muvofiq undirilmayapti, tahr.).

 

«Amnistiya» qoʻllash uchun shart qoʻyildi – yuqorida koʻrsatilgan shaхslar tadbirkorlik faoliyatini tiklashlari yoki davlat roʻyхatidan oʻtishlari lozim. Avvalboshdan buning uchun 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddat belgilangan edi. Hozir u yana 6 oyga uzaytirildi. Tegishincha, soliq qarzdorligi, penya, jarimalar va davlat bojini toʻlab, 2019 yil 1 iyulgacha faoliyatni tiklash va ishni davom ettirish mumkin.

 

Shuningdek keyingi yildan yakka tartibdagi tadbirkorlarga solinadigan soliqlarga ancha oʻzgartirishlar kiritilishi (sharhga qarang), ular shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga esa oʻzgartirishlar kiritilishini (sharhga qarang) eslatib oʻtamiz.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.    

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_