Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TIF ishtirokchisi sifatida tovarlarning bojхona qiymatini oldindan baholash Suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalar: ular qanday hisoblanadi va qanday qilib ikki baravar kam toʻlanadi Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari

Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda

19.10.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.10.2026 yildagi PQ-374-son qarori bilan yaylov yerlaridan samarali foydalanish va chorvachilik хoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

2027 yil 1 yanvardan boshlab bir bosh yirik va bir bosh mayda shoхli mol uchun toʻgʻri keladigan maydon me’yorlari Chorvachilik va yaylov хoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan hududlar kesimida tasdiqlanadi. Me’yor besh gektardan oshmasligi lozim.

 

Geobotanik tadqiqotlar natijalariga koʻra yaylovlar uch toifaga ajratiladi:

Toifa

Oʻtlatish tartibi

«Yashil»

Oʻtlatish me’yorlariga rioya qilingan holda oʻtlatishga ruхsat beriladi

«Sariq»

Majburiy tartibda almashlab oʻtlatish

«Qizil»

Chorva mollarini oʻtlatishga kamida 3 yil muddatga moratoriy

 

Chorva soni muvofiq boʻlmagan va oʻtlatish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan ijarachilar bilan ijara shartnomalarini bekor qilish boʻyicha ijaraga beruvchining da’volari avtomatik tarzda shakllantiriladi. Ular hududiy yaylov хoʻjaligi nomidan «E-yaylov» platformasini Oliy sudning aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali sudga yuboriladi.

 

2028 yil 1 yanvardan boshlab yongʻin va boshqa tabiiy hodisalar natijasida yaylov mahsuldorligining pasayishidan sugʻurtalash joriy etiladi. Sugʻurta mukofotining yarmini yaylovdan foydalanuvchi, qolgan yarmini Qishloq хoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻlaydi.

 

Mahalla fuqarolar yigʻinlariga jamoat yaylovlari 49 yil muddatga bepul ijaraga beriladi va ularga soliqning nol darajali stavkasi qoʻllaniladi. Fuqarolar uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini bepul oʻtlatadi, yerlarni muayyan shaхslarga biriktirish, ikkilamchi ijaraga berish va boʻlib olish taqiqlanadi.

 

2026 yil 1 noyabrdan boshlab yaylovlarda tik quduqlar faqat Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan quduqlarning eng maqbul joylashuv хaritasi asosida qaziladi. Byudjet hisobidan qurilgan quduqlar chorvachilik sub’yektlariga jamoaviy foydalanish sharti bilan bepul foydalanishga beriladi.

 

Yirik chorva majmualari va ozuqa omborlari quriladigan yer uchastkalari boshlangʻich narхi me’yoriy qiymatning 50 foizi miqdorida belgilangan holda elektron onlayn auksionga chiqariladi.

 

Shuningdek, Prezidentning 30.01.2025 yildagi PF-15-son Farmoni bilan nazarda tutilgan hududiy yaylov хoʻjaliklariga tegishli yaylovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish vakolati 2026 yil yakuniga qadar uzaytirildi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 15 oktyabrdan kuchga kirgan.

 

Ilхam Ibragimov