Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YHX qoidalari buzilishini qayd etuvchi kamera egalari nima sababdan ob’yekt huquqidan mahrum boʻlishadi

16.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasiga хususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 375-son qarori qabul qilindi.

 

Tadbirkor auksionda gʻolib boʻlganidan boshlab 90 kun ichida ob’yektda kameralarni oʻrnatishni boshlamasa, uning ob’yektga boʻlgan huquqi sud tartibida bekor qilinadi.

 

Xuddi shu chora aniqlangan va rasmiylashtirish uchun yuborilgan ma’lumotlardagi хatoliklarning umumiy soni 5%  va undan ortiqni tashkil etgan taqdirda ham qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev