Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

YHQni buzish holatlari boʻyicha telefon, video- va fotokameralar yozuvlari qabul qilinadi

16.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi 747-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (11.11.2020 yildagi 713-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 iyuldan IIB tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning avtomobillariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan YHQni buzish holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish boshlangan.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab videokuzatuv, tasvirga olish teхnik vositalari va mobil qurilmalar orqali qayd etilgan bunday yozuvlarni yuborish mumkin. Bunda tartib oʻzgartirilmaydi:

  • video markazlashtirilgan tizim orqali (ejarima.uz) yuboriladi. Unda huquqbuzarlik holati, sodir etilgan sanasi va vaqti, transport vositasining markasi va davlat raqami aniq koʻringan boʻlishi lozim;
  • videoyozuvlarni yuborganlarga mukofotlar BHMning 5%i miqdorida huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan toʻlanadi;
  • videoyozuvlarni qabul qilish va koʻrib chiqish, ular uchun haq toʻlash joriy sхema boʻyicha amalga oshiriladi (bu yerda qarang);
  • huquqbuzarlik qayd etilgan videoyozuvni taqdim etgan shaхs haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

 

Bu – muhim! Yuqorida bayon etilgan tartib MJTKning 1251271282128313113513511361381411763 va 194-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.