Vazirlar Mahkamasining 04.05.2026 yildagi "Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 219-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar bilan ta’minlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (yoki ularning qismlarini) tashkil etish nazarda tutilgan:
• aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shahar va tumanlar markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda harbiy хizmatchilar tomonidan;
• aholisi 50 ming kishidan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida qutqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining (yoki ularning qismlarining) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali, shuningdek ularni saqlash uchun ajratiladigan mablagʻlar FVV tomonidan belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




