Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuk koʻtarish mashinalari soz holatda boʻlishi kerak

17.05.2016

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 mayda 2786-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-teхnik хodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, yuk koʻtarish mashinalariga (turli kranlar va elektr tallar) ega boʻlgan tashkilotlar Namunaviy yoʻriqnoma asosida muhandis-teхnik хodimlarning soni, tarkibi, shuningdek yuk koʻtarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda muhandis-teхnik хodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi zarur.

 

Namunaviy nizomda muhandis-teхnik хodimlarning bilishi zarur boʻlgan ma’lumotlar, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari qayd etilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 16 maydagi 19-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.