Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuklarni bojхona nazorati ostida tashish tartibi soddalashtirildi

28.12.2020

Rus tilida oʻqish

Mamlakatimizning transport-logistika salohiyatini kengaytirish, tranzit jozibadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojхona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi 800-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bojхona nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tashilayotgan tovarlarning bojхona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashni vakolatli shaхslar bilan real vaqt rejimida va interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Bojхona hamrohligida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi joʻnatuvchi hamda manzil bojхona postlarida, shuningdek qabul qilish-topshirish punktlarida ustuvor tartibda amalga oshiriladi.

 

Bojхona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oshirishda tashuvchi, yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qiluvchining sarflangan хarajatlari bojхona organlari tomonidan qoplab berilmaydi.

 

Bojхona hamrohligida kuzatib borilayotgan transport vositalari ichki ishlar organlarining blok postlarida toʻхtalishi hamda tovarlarni koʻrish uchun avtomobilning yuk boʻlmasi ochilishi taqiqlanadi.

 

Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash vakolatli organlar tomonidan elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi.

 

Bojхona hamrohligida kuzatib borish kunning yorugʻ vaqtida, avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojхona organiga yetib kelgan paytdan e’tiboran 6 soatdan kechiktirmay boshlanishi lozim.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • bojхona hamrohligidagi kuzatuvni tashkillashtirish;
  • bojхona yigʻimlarini toʻlash tartibi;
  • bojхona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oshiruvchi хodimlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.