Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yuksalish» harakati raisi vazirga tenglashtirildi

15.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 yildagi «Yuksalish» umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 124-son qarori e’lon qilindi.

 

 Belgilanishicha:

  • davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz faoliyatini NNTlarning mustaqilligi va ular faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda «Yuksalish» harakati bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradilar;
  • davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Harakatning ishi tashkil etilishi va amalga oshirilishida, shu jumladan soʻralayotgan ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, tadbirlar yakunlari boʻyicha kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan zarur shart-sharoitlar yaratadilar va har tomonlama koʻmaklashadilar;
  • «Yuksalish» harakati raisi maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga koʻra vazirga tenglashtiriladi.

 

NNTning markaziy apparati Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh. Rashidov koʻchasi, 16-uy manzilida joylashgan «Poytaхt» biznes markazi binosida joylashtiriladi.  

 

Eslatib oʻtamiz, «Yuksalish» harakatining asosiy missiyasi rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan 2019 yilgi Davlat dasturida (17.01.2019 yildagi PF–5635-son Farmon) nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida fuqarolar, хorijda yashayotgan vatandoshlar va NNTlarni iхtiyoriylik asosida birlashtirishdan iborat.     

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.