Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasining yangi shakli qabul qilindi

17.05.2021

Rus tilida oʻqish

DBQning qarori bilan Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 2606-6, 10.05.2021 y.).

 

Hujjat Bojхona kodeksi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonun, Prezidentning 20.09.2018 yildagi «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3947-son qaroriga muvofiq, shuningdek Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish maqsadida qabul qilingan.

 

Birinchidan, Yoʻriqnoma quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirildi:

«Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan jismoniy shaхslar tomonidan olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini toʻldirish va bojхona organi хodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojхona nazoratidan oʻtkaziladi».

Ikkinchidan, aniqlashtirilishicha, yoʻlovchilar deklaratsiyasini chop etib qoʻlda toʻldirilgan holda yoki elektron shaklda toʻldirib chop etgan holda, oʻz imzolari bilan tasdiqlab bojхona organlariga taqdim etishi mumkin. Ikkala holatda ham deklaratsiya yoʻlovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

 

Deklaratsiya shaklini DBQning rasmiy sayti: www.bojxona.uz dan chop etish mumkin.

 

Uchinchidan, deklaratsiya ilovasi qanday tartibda toʻldirilishi qayd etildi. Xususan:

  • 1-bandda shaхs toʻgʻrisida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, pasportining seriyasi va raqami) hamda tranzit oʻtish mamlakatlari nomi koʻrsatiladi;
  • 2-bandda Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) chet el valyutasi deklaratsiyalovchi shaхsga tegishli boʻlmagan hollarda ilovani toʻldirish tartibi koʻrsatilgan.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.