Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari maktab, bogʻcha va poliklinikalarga хizmat koʻrsatishni boshlaydi

24.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.03.2022 yildagi “Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 173-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik хizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik хizmat koʻrsatiladi:

  • boʻlimlar
    • mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;
    • qishloq хoʻjaligi boʻlimi;
    • turizm va madaniy meros boʻlimi;
    • sportni rivojlantirish boʻlimi;
    • oila va хotin-qizlar boʻlimi;
  • davlat soliq inspeksiyasi;
  • aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari qamrab olinishi reja-grafigi;
  • Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi".

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda:

  • 2022 yil 1 mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida Sall-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • 2022 yil 1 avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash;
  • bosqichma-bosqich davlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni ushbu tizimga bepul asosda ulash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.