Vazirlar Mahkamasining 3.07.2015 yildagi 179-son qarori bilan Korxona va tashkilotlarning Yagona davlat registriga (KTYaDR) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
___________________
! Eng muhimi haqida qisqacha: Yuridik shaxslarning muassislari toʻgʻrisidagi axborot, davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi, ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar, reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hammabop axborot boʻlib hisoblanadi.
___________________
Kiritilgan oʻzgartirishlar bilan aniqlandiki, yuridik shaxsning idoraviy mansubligi haqidagi oʻzgarishlar uning muassislari (avval koʻzda tutilganidek), shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ma’lumotlari asosida KTYaDR bazasiga kiritiladi.
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan idoralar tomonidan statistika organlarini xabardor qilish muddatlari va tartibiga ham tuzatish kiritildi. Bu haqdagi axborot bir kunlik muddatda, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi axborot esa ikki kunlik muddatda taqdim qilinishi lozim.
Shuningdek ikki kunlik muddatda statistika organlari barcha yuridik shaxslarga tegishli ma’lumotlarni reyestrga kiritilganligi haqida xabardor qilinadi, ya’ni:
-ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
-yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
-reyestrga tugatish yoki qayta tashkil qilingan yuridik shaxsning faoliyatini tugatish (qoʻshib yuborish, birlashtirish) toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish;
-roʻyxatga oluvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki belgilangan muddatlarda ular tomonidan ustav fondi shakllantirilmagan yuridik shaxslar, shuningdek u ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi yoki u toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborotni olish;
-pochta manzili oʻzgarganligi;
-yillik statistika hisoboti asosida asosiy faoliyat turi va band boʻlganlarning oʻrtacha yillik sonidagi oʻzgarishlar.
Ma’lumotlar Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy vositalaridan foydalangan holda faqat Internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Avval ma’lumotlarni qogʻozli shaklda berishga ham yoʻl qoʻyilgan.
Ochiq axborotning roʻyxati kengaytirildi. Yuridik shaxslarning identifikatsiya, tasnif koʻrsatkichlari, pochta manzillaridan tashqari, telefon raqamlari hamda yuridik shaxslarning muassislari toʻgʻrisidagi axborotdan ham foydalanish imkoniyati boʻladi. KTYaDRning boshqa koʻrsatkichlari oldingidek oshkor qilinmaydigan tusdagi axborot boʻlib qoladi.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini bizning ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA tayyorladi.



