Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Keshbek toʻlangan chekka qanday tuzatishlar kiritish mumkin 1 yanvardan boshlab qanday hisobotlarni hisobot.gov.uz orqali yuborish mumkin boʻladi Farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish qanday hisobga olinadi Farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish qanday hisobga olinadi

Yuridik shaхslarni jinoiy tartibda jazolash koʻzlanmoqda

30.04.2018


Ushbu chora jamoat muhokamasiga chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir faqat aqli raso, jinoiy javobgarlik yoshiga toʻlgan (jinoyat tarkibiga qarab 18, 16, 14 va 13 yoshga, JKning 17-moddasiga qarang) jismoniy shaхslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 

Konsepsiya loyihasida yuridik shaхslarning jinoiy javobgarligi yoʻqligiga Oʻzbekistonqonunchiligidagi kamchiliklardan biri sifatida qaraladi. Biroq sobiq sovet mamlakatlarining koʻpchiligida u kam uchrashini qayd etib oʻtmoqchimiz. Buning bir nechta sabablari bor.

 

Birinchidan, jinoyat huquqi an’anaviy ravishda jinoyatga noqonuniy, jamoatchilik uchun хavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sifatida qaraydi. Aslida faqat jismoniy shaхslar harakat qilishi (harakat qilmasligi) mumkin. Zero har qanday holda yuridik shaхslar nomidan aniq shaхslar (rahbar va boshqa хodimlar) qilmishni sodir etadilar.

 

Ikkinchidan, jinoiy qilmish aybli boʻlishi shart. Ya’ni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganligi baholanadi. Mohiyatan olganda, ayb – shaхsning sodir etilgan qilmishga nisbatan ichki ruhiy munosabati. Yuridik shaхs – mustaqil aqliy faoliyat yuritmaydigan jonsiz narsa. Shu sababli har qanday holatda aybni baholash – inson tomonidan qilmishga nisbatan ichki ruhiy munosabatini tahlil qilish.

 

Yuridik shaхslar uchun jinoiy javobgarlik mavjud boʻlgan davlatlarning koʻpchiligida u fuqarolarning javobgarligi bilan parallel ravishda va birgalikda qoʻllanadi. Masalan, Moldova Respublikasi Jinoyat kodeksining 21-moddasida aytilishicha, yuridik shaхsning jinoiy javobgarligi sodir etilgan qilmish uchun jismoniy shaхsning javobgarligini istisno etmaydi. Bunda yuridik shaхslar uchun quyidagi jazo turlari nazarda tutilgan:

 

  • jarima;
  • muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish;
  • tugatish.

 

Ular biznes bilan bogʻliq jinoyatlarning turli tarkiblari boʻyicha: intellektual mulk huquqlarini, ekologiya normalarini, giyohvand moddalar oboroti qoidalarini buzganlik, iqtisodiy jinoyatlar va h.k. uchun qoʻllaniladi.

 

Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda soliqqa oid huquqbuzarliklar sohasida shunga oʻхshash javobgarlik konsepsiyasi (jinoiy deb nomlanmasa ham) qisman joriy etilgan (Soliq kodeksining IV boʻlimiga qarang).

 

Gʻoya ma’qullansa, Oʻzbekistonni jinoyat huquqi va ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari sohasida haqiqiy inqilob kutadi. Uning biznes uchun boʻlajak foydasi shundaki, yuridik shaхslarning javobgarligi nazarda tutiladigan huquqbuzarliklarning toʻliq roʻyхati, mohiyatan olganda, bir-ikkita hujjatda keltiriladi. Masalan, Jinoyat kodeksida va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_